Globe Soccer Awards talqini bo'yicha yil murabbiyi mukofotiga da'vogarlar nomi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
19 noya 2025, 18:39
Arteta, Enrike, Alonso va Slot "yil murabbiyi" mukofoti da'vogarlari ro'yxatiga kirdi.

Globe Soccer Awards versiyasi bo'yicha "yil murabbiyi" mukofoti nomzodlari e'lon qilindi.

Ro'yxatga kirganlar:

Xabi Alonso ("Bayer"/"Real"), Mikel Arteta ("Arsenal"), Antonio Konte ("Napoli"), Luis Enrike ("PSJ"), Xans-Diter Flik ("Barselona"), Eddi Xau ("Nyukasl"), Vensan Kompani ("Bavariya"), Enco Mareska ("Chelsi"), Roberto Martines (Portugaliya terma jamoasi), Arne Slot ("Liverpul").

O'tgan yili eng yaxshi murabbiy mukofotini "Real"da ishlagan Karlo Anchelotti qo'lga kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/Globe_Soccer