Globe Soccer Awards-2019. Barcha nominaciyalarning g'oliblari ma'lum bo'ldi

30 dek 2020, 00:07
Yevropa klublar assotsiatsiyasi (ECA) va Yevropa futbol agentlari assotsiatsiyasi (EFAA) tomonidan topshiriladigan "Globe Soccer Awards" mukofotining barcha nominaciyalardagi g'oliblari bilan tanishing.

Yilning eng yaxshi futbolchisi – Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya);

Yilning eng yaxshi murabbiyi – Yurgen Klopp (“Liverpul”, Germaniya);

Yilning eng yaxshi darvozaboni – Alison Beker (“Liverpul”, Braziliya);

Yilning eng yaxshi jamoasi – “Liverpul”;

Yil kashfiyoti – Joao Feliks (“Benfika”/“Atletiko”, Portugaliya);

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi – Lyusi Bronz (“Lion”, Angliya);

Yilning eng yaxshi futbolchisi (arab mamlakatlari) – Abderrazzoq Hamdalla (“An-Nasr”, S.Arabistoni)

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (arab mamlakati) – Ashraf Hakimi (“Borussiya D”, Marokash)

Yilning eng yaxshi futbol agenti – Jorje Mendesh (Portugaliya);

Yilning eng yaxshi futbol akademiyasi – “Ayaks” hamda “Benfika”;

Yilning eng yaxshi hakami – Stefani Frappar (Fransiya);

Yilning eng yaxshi sport direktori – Andrea Berta (“Atletiko”, Italiya);

Yilning eng yaxshi jamoasi (arab mamlakatlari) – “Al-Hilol” (S.Arabistoni);

Futbolga qo'shgan hissasi uchun maxsus mukofot – Miralem Pyanich (“Yuventus”, Italiya) hamda Rayan Giggz (Uels).

Yilning eng yaxshi homiylik kelishuvi – “Manchester Siti” (Angliya).

Eslatib o'tamiz, mukofotning taqdirlash marosimi 29 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o'tkazildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia