Gidi Kanyuk "Paxtakor"ni tark etadi

24 yanv 2018, 16:43
Toshkentning "Paxtakor" jamoasining isroillik legioner futbolchisi Gidi Kanyuk faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

"Championat.asia" saytiga ma'lum bo'lishicha, "Paxtakor" yarim himoyachisi Gidi Kanyuk yangi mavsumda "sherlar" sharafini himoya qilmaydi.

Olingan xabarlarga ko'ra, Gidi Kanyukka Isroilning "Makkabi Tel Aviv" jamoasidan jiddiy qiziqish mavjud. Isroil chempionatining peshqadam jamoasi "Makkabi Tel Aviv" klubi katta ehtimol bilan Gidi Kanyuk transferini xarid qilishi mumkin.

Bunga qadar Gidi Kanyuk Isroilning "Makkabi Petax" klubida safida harakat qilgandi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili yozda "Paxtakor" klubi isroillik futbolchi Gidi Kanyuk bilan 2,5 yillik bitimga imzo chekkandi.

Ayni paytda Gidi Kanyuk "Paxtakor"ning Toshkentdagi mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti.

Futbolchi yaqinda o'zining "Instagram"dagi sahifasida avvaliga Moskva, keyinchalik esa Isroil aeroportida tushgan rasmini joyladi.

Gidi Kanyuk masalasida "Paxtakor" klubi matbuot xizmati bilan bog'langanimizda, ular buni izohsiz qoldirishdi.

Kanyuk, Griffits va "Nasaf" afsonasi qayerda?

Ertaga "Paxtakor" yangi futbolchilarni tanishtiradi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia