Germaniya TJ oxirgi 10 o'yinda 6-marotaba durang o'ynadi

Eldor Akmurzayev
28 noya 2022, 08:40
JCH-2022 guruh bosqich 2-turida Germaniya termasi Ispaniya bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Xans-Diter Flik shogirdlari oxirgi 10 uchrashuvda 6-marotaba raqib bilan murosa yo'lini tanladi. Shuningdek, 2 bor mag'lub bo'ldi (JCH-2022, Yaponiya 1:2; Millatlar Ligasi, Vengriya 0:1) va atigi ikki uchrashuvda muvaffaqiyatga erishdi (O'rtoqlik o'yini, Ummon 1:0; Millatlar Ligasi, Italiya 5:2).

O'ziga o'xshamayotgan “nemis mashinasi” mundialdagi oxirgi tur uchrashuvini 1 dekabr kuni Kosta-Rikaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia