

Xans-Diter Flik shogirdlari oxirgi 10 uchrashuvda 6-marotaba raqib bilan murosa yo'lini tanladi. Shuningdek, 2 bor mag'lub bo'ldi (JCH-2022, Yaponiya 1:2; Millatlar Ligasi, Vengriya 0:1) va atigi ikki uchrashuvda muvaffaqiyatga erishdi (O'rtoqlik o'yini, Ummon 1:0; Millatlar Ligasi, Italiya 5:2).
O'ziga o'xshamayotgan “nemis mashinasi” mundialdagi oxirgi tur uchrashuvini 1 dekabr kuni Kosta-Rikaga qarshi o'tkazadi.




