Germaniya kubogi. 1/2 finalda Bavariya Kayzerslautern bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
13 fev 2014, 09:01
Germaniya kubogi yarim final juftliklari ma'lum bo'ldi.
Bavariya chora kifnalda Gamburgni yirik hisobda mag'lub etib (5:0), endi yarim finalda o'z uyida ikkinchi divizionda ishtirok etayotgan Kayzerslautern bilan o'ynaydi. Bu klub Bayerni safarda mag'lub etib (1:0) yarim finalga yo'l oldi.

Dortmundning Borussiya klubi seshanba kuni Frankfurtning Ayntraxt klubini taslim qilgandi (1:0). Yarim finalda Klopp shogirdlari o'z uylarida Volfsburg bilan kuch sinashishadi.

Germaniya kubogi yarim final o'yinlari 15-16 aprel kunlari bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru