Germaniya chempionati. “Bayer” o'z maydonida yirik hisobda yutqazib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
29 apr 2017, 04:43
Germaniya Bundesligasining 31-turida Liverkuzenning “Bayer” klubi kutilmaganda o'z uyida yirik hisobda engildi.

“Shalke-04” jamoasini qabul qilgan liverkuzenliklar uchrashuvning 50 daqiqasi ichida o'z darvozalaridan naqd to'rtta gol o'tkazib yuborishdi. 69-daqiqada Kissling kiritgan to'p amalda maydon egalarini yirik mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi-1:4.

Germaniya chempionati.

31- tur

Bayer – Shalke-04 1:4 (0:3, 1:1)

Gollar: 0:1 – 6 Burgshtaller, 0:2 – 10 Xevedes, 0:3 – 18 Shopf, 0:4 – 50 Burgshtaller, 1:4 – 69 Kissling.

Bayer – Leno, Xilbert (Vendell, 46), Edvay, Toprak (Ta, 19), Xenrixs, Belarabi, Kampl, Arangis, Brandt (Mexmedi, 85), Kissling, Folland.

Shalke-04 – Fermann, Koke, Xevedes, Badshtuber, Kolashinac (Aogo, 74), Stambuli, Bentaleb (Riter, 84), Shopf, Goretcka, Kalijuri, Burgshtaller.

Ogohlantirish: Xilbert (25), Kampl (49), Belarabi (70).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia