Germaniya, Belgiya va Shveytsariya JCH-2014ga yo'llanma olishdi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 09:20
Germaniya, Belgiya va Shveytsariya terma jamoalari kechagi o'yinlardan so'ng Braziliyada bo'lib o'tadigan mundianlga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Belgiya o'z guruhida 25 ochko bilan birinchi o'rinda, ikkinchi o'rindagi xorvatlar hisobida 17 ochko bor.

Shveycarii kecha safarda Albaniyani taslim qildi (2:1) va 21 ochko to'pladi, shu tariqa ikkinchi o'rindagi Islandiyadan 5 ochkoga o'zib ketdi.

Germaniya esa Irlandiyani tor-mor etdi (3:0) va guruhda birinchi o'rinni band etishdi. Ikkinchi pog'onadagi Shvetsiyada 5 ochko kam.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru