Gennadiy Kochnev: “Mezbonlar g'alabaga haqli o'yin namoyish etishdi”

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2017, 18:20
“Qo'qon-1912” – “Sho'rtan” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Sho'rtan” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Gennadiy Kochnev ishtirok etdi.

-  Bugun mezbonlar g'alabaga haqli o'yin namoyish etishdi. Ushbu g'alaba bilan qo'qonliklarni tabriklayman. Dastlabki 30 daqiqada yaxshi o'ynadik. Lekin birinchi bo'limda ikkita gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limni ham yaxshi boshlagandik. Ammo yana xatolarimiz  evaziga ikkita gol o'tkazdik.  Tan olish kerak, bugungi bahsda oldingi o'yinda jarohat olgan o'yinchilarning yo'qligi bilindi. Bugungi bahsda Mamadalievning o'rni sezildi. “Qo'qon-1912”ni yana bir bor g'alaba bilan tabriklayman.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia