Gattuzo “Napoli”da dastlabki beshta uchrashuvning to'rttasida mag'lub bo'ldi

19 yanv 2020, 07:37
Italiya A seriyasining 20-turida “Napoli” o'z uyida “Fiorentina”ni qabul qildi.

Neapoldagi “San-Paolo” stadionida kechgan bahs 2:0 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Jennaro Gattuzo Italiya A seriyasida 2000 yildan buyon  bor o'zining dastlabki beshta uchrashuvidan to'rttasida mag'lub bo'lgan ilk murabbiyga aylandi. 

Uning yagona g'alabasi A seriyaning 17-turida “Sassuolo” (2:1) ustidan qozonilgan irodali g'alaba bo'lib turibdi.

“Napoli” 2019 yil 19 oktyabrda buyon A seriyada o'z maydonida g'alaba qozona olmayapti. O'shanda neapolliklar Anchelotti qo'li ostida “Verona” (2:0) taslim etishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports