Gattuzo: “Jamoa murabbiyiman, demak barcha javobgarlik mening elkamda”

26 dek 2018, 21:32
“Milan” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A seriyaning 18-turida “Frozinone”ga (0:0) qarshi bahs haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

“Birinchi taymda juda yomon o'yin ko'rsatdik. “Fiorentina” bilan bahsda birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlarni yaratgandik, “Frozinone” bilan matchda esa birinchi bo'limni raqibga "topshirib" qo'ydik. Oldimizga qo'yilgan maqsad-YCHL saralash bahsiga yo'l olishimiz uchun bunday o'yin ko'rsatishimiz kerak emas. 

Meni o'zimni holatim emas, jamoam bezovta qilayapti. Mening ishimni natijalarga qarab tahlil qilishadi. Kemani kapitani men, demak barcha mas'uliyat zimmamda. “Milan”ni o'yinini yanada kuchaytirish yo'llarini topishim lozim, chunki jamoa o'z imkoniyatidan past o'yin ko'rsatmoqda. Biz hozir bosim ostidamiz, ammo keyinchalik ko'p narsa o'zgarib ketishi ham mumkin”, deya Gattuzoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia