Gattuzo: "Lacio"ga qarshi Kubok yarim finalida shou ko'rishga umid qilyapman"

Aslanov Jasurbek
24 apr 2019, 15:17
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Lacio"ga qarshi bo'ladigan Italiya Kubogi yarim finali haqida fikr bildirdi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi Kubokning ilk o'yini gollarsiz yakunlangan edi.

"Lacio"ga qarshi bahslar doimo ehtiroslarga boy bo'lgan. Finalga chiqish biz uchun juda muhim.

Ushbu o'yinda Italiya futbolini ko'rmoqchimiz, shou tomosha qilishga umid qilyapman.

Faqat maydonda sodir bo'ladigan voqealar haqida o'ylash kerak. Simone Inzagi bilan do'stmiz. O'zimizni yaxshi tutish uchun hamma ishni qilamiz" - deydi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia