Garnacho faoliyatini APLda davom ettirishga qaror qildi

Khoja
2 iyun 2025
"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho faoliyatini APLda davom ettirmoqchi.

Futbolchiga "Napoli"dan jiddiy qiziqish bo'lishiga qaramasdan  20 yoshli futbolchi faoliyatini "Chelsi"da davom ettirmoqchi. Yarim himoyachi agentlariga London klubi bilan muzokara olib borishni aytgan. MYU o'z futbolchisini 60 million evroga sotishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, Garnacho Yevropa ligasi finalidan keyin bergan intervyusida Ruben Amorimni tanqid qilgandi va shundan so'ng portugaliyalik mutaxassis futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi.

Garnacho yakunlangan mavsumda 58 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 11 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com