"Arsenal" Garnachoga da'vogar

Sherzod Nurmatov
19 fev 2026, 18:43
21 yoshli vinger yozgi transfer oynasida "Chelsi"ni tark etadi.

Xabarda aytilishicha, Garnacho jamoaga o'tgan yil avgust oyida qo'shilganiga qaramay, klub uning uzoq muddatli kelajagini ko'rmayapti. "Ko'klar" safida umidbaxsh start bo'lganiga qaramasdan, Alexandro yangi murabbiylar shtabi ishonchini yo'qotdi - bu omil uning ketishida hal qiluvchi bo'lishi mumkin.

Ayni paytda argentinalikning "Chelsi"dagi kelajagi bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Ammo agar yirik taklif tushsa, "Chelsi" uni mamnuniyat bilan qabul qilishga tayyor.

Londonning "Arsenal" klubi argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga asosiy da'vogarlar qatorida ekani aytilmoqda.

Garnacho joriy mavsum "Chelsi" safida 29 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning transfer qiymati 45 mln evro deb baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: MatchDay Central