

Avvaliga, Erve Renar boshchiligidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasi Bahraynga qarshi to'qnash keldi va o'yinda hisob ochilmadi.



Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa Quvayt vakillari Iordaniya bilan durang (1:1) o'ynadi.



Endi saudiyaliklar guruh bosqichining so'nggi o'yinini 10 avgust kuni Iordaniyaga qarshi o'tkazadi. Bahrayn esa shu kuni Quvayt bilan kuch sinashadi.
Ayni daqiqalarda A guruhidan o'rin olgan Yaman hamda Livan to'qnashuvi bo'lib o'tmoqda. Shuningdek, 00:30da mezbon Iroq termasi Suriyaga qarshi bahs olib boradi.




