Gana termasining sobiq futbolchisi futbol o'yini vaqtida vafot etdi

Mirjalol Normatov
12 noya 2023, 13:31
Albaniyaning "Egnatiya" jamoasi futbolchisi Rafael Dvamena futbol uchrashuvi vaqtida hushini yo'qotdi va vafot etdi.

U shu kuni 28 yoshda bo'lgandi.

Futbolchi "Partizan"ga qarshi o'yin vaqtida yuragi huruj qilib qoldi va tezda kasalxonaga olib ketildi. Biroq ganalikni qutqarib qolishning iloji bo'lmadi. Nemis matbuoti xabariga ko'ra, Dvamenada oldin ham yuragi bilan muammolari bo'lgan. 2020 yilda uning yuragigga defibrillyator o'rnatilgandi. Biroq bu 2021 yilda uning xushidan kyetib qolishidan qutqarib qololmagandi.

2020 yilda Dvamenaga shifokorlar futbol o'ynash hayoti uchun xavfliligini va buni yakunlash kerakligini aytishgandi. 2022 yilda futbolchi o'z tashabbusi bilan defibrillyatorni olib tashlagandi.

"Bu texnologiyaga ishonmayman, juda xavfni mas'uliyatimga olyapman. Agarda nimadir bo'lsa, o'zimning aybim bo'ladi", - degandi o'shanda ganalik futbolchi.

Dvamenaning vafoti sababli Albaniyada dam olish kunlaridagi barcha o'yinlar bekor qilindi.

Rafael Gana termasida 9 o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild