Gamshik qishda "Napoli"ni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 sen 2018
"Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik qishki transfer oynasida klubni tark etishni ko'zlab turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti rejalariga kirmaydi.

Gamshik yozda faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin edi, ammo klubda qolishga qaror qildi.

Oldinroq, xavbek "Barselona"ga o'tishi mumkinligi, futbolchining o'zi Kataloniya klubiga murojaat qilgani e'lon qilingan edi. Ko'k-anorranglilar ham o'yinchiga qiziqmoqda, ammo u jamoa uslubiga mos tushadi deb hisoblamaydi.

2007 yildan beri "Napoli" sharafini himoya qiladigan Gamshikning klub bilan shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport