
"Tottenxem"da unga chap qanot himoyachisi sifatida qarashardi. U paytda Beyl o'z nuqtasida eng yaxshilardan hisoblanmasdi. Men ham ko'pchilik qatori uning hujumkorligiga e'tiborimni qaratdim. Lekin, o'sha vaqtda biz futbolchi uchun 6 million to'lay olmasdik. Uni ijaraga olishni istagandik. Ammo, londonliklar ushbu taklifga rad javobini berganlar. O'sha paytda ko'pchilik Beylga ishonch bildirmasdi", - deydi murabbiy.