"Galatasaroy" Ryudigerni qishda o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Real"ning 32 yoshli himoyachisi takliflarga ochiq

Alisher Ostonov
13 dek 2025, 11:24
"Real" markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger "Galatasaroy" e'tiboriga tushdi.

32 yoshli futbolchining "Real" bilan shartnomasini uzaytirishi so'roq ostida qolmoqda. Amaldagi kelishuv mavsum oxirigacha mo'ljallangan.


"Galatasaroy" qishki transferlar vaqtida Ryudigerni sotib olishga e'tibor qaratmoqda. Germaniyalik futbolchi klubni kuchaytirish uchun asosiy nomzod bo'lib, o'z tajribasi bilan murabbiy Okan Burukni qiziqtirib qo'ydi.

Takidlanishicha, Antonio takliflar uchun ochiq. Katta ehtimol bilan "Galatasaroy" avval u bilan muzokara o'tkazadi, keyin esa "Real"ga o'z taklifini taqdim etadi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: As