Gakpo APLning boshqa klublari qiziqishiga qaramay, MYUga o'tmoqchi. PSV 35 mln funt so'ramoqda

Alisher
10 avg 2022, 17:17
"Manchester Yunayted" PSV vingeri Kodi Gakpo bilan shartnoma imzolashi mumkin.

23 yoshli o'yinchi APLning boshqa klublaridan ham taklif bo'layotganiga qaramay, "Manchester Yunayted"ga o'tishga qiziqish bildirmoqda.

PSV futbolchi uchun 35 million funt olishni xohlamoqda.

Chap qanot vingeri o'tgan mavsum PSV tarkibida 47ta o'yinda 21ta gol va 14ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph