

Murosasiz kurashlarga boy bo'lgan bellashuvda jamoalar g'olib nomini aniqlay olishmadi.
Hisobni "BMB"ning braziliyalik legioneri Joazino 8-daqiqada ochgan bo'lsa, raqib unga 2 ta gol bilan javob berdi. Ihtiyor Ropiev 9-daqiqada muvozanatni tiklagan bo'lsa, 20-daqiqada Husniddin Nishonov mehmonlarni oldinga olib chiqdi.
Bellashuvdagi oxirgi (avto)gol esa 32-daqiqasida Rustam Umarov hisobiga yozildi.
Natijada, chempionat g'olibligi uchun da'vogarlar bahsida g'olib nomi aniqlanmadi.
BMB - "Oil Star" 2:2
Gollar: Joazino 8`; Rustam Umarov (avt) 32` - Ihtiyor Ropiev 9`, Husniddin Nishonov 20`
Ogohlantirishlar: Aleks Dias Da Silva, Mashrab Adilov, Manoel Vitor, Bolt Oliveyra - Husniddin Nishonov, Artur Umurov, Dilshod Rahmatov, Bexruz Samiev, Ihtiyor Ropiev.
Chetlatish: Dilshod Rahmatov




