Futzal: Shuhrat Po'latov World Futsal Supercup o'yinlarini boshqarish uchun taklif oldi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2014, 16:59
Futzal bo'yicha O'zbekistonlik FIFA referisi Shuhrat Po'latov 2-3 oktyabr kunlari Qozog'istonning Olma-Ota shahri mezbonlik qiladigan World Futsal Supercup - Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi jahon superkubogi uchrashuvlarini boshqarish uchun taklif etildi.
Ma'lumot o'rnida, mazkur musobaqada to'rt qitaning eng kuchli jamalari - Chonburi Bluveyv (Osiyo chempioni), Intelli Orlandia (Janubiy Amerika chempioni), Qayrat (Yevropa chempioni) va Dinamo (Qitalararo Kubok sohibi) klublar o'rtasidagi eng nufuzli sovrin uchun bahs olib borishadi.

Musobaqa qur'asiga 2 oktyabr kuni yarim final bahslari o'tkazilsa, 3 oktyabr kuni yarim final g'oliblari final uchrashuvida maydonga tushadilar.

Jahon Superkubogi-2014.
Yarim final. 2 oktyabr.

Chonburi (Tailand) - Qayrat (Qozog'iston)
Dinamo (Rossiya) - Intelli Orlandia(Braziliya)

Final. 3 oktyabr.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com