Futzal. Paragvay terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Khoja
6 sen 2024
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda.

Bugun, 6-sentyabr kuni Paragvay milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi. 

O'FA va mahalliy tashkiliy qo'mita vakillari Paragvay milliy terma jamoasi delegaciyani kutib oldi hamda odatga ko'ra mehmonlarga esdalik sovg'asi sifatida milliy do'ppimiz sovg'a qilindi.

Eslatib o'tamiz, Paragvay “A” guruhidan o'rin olgan bo'lib, 2-turda O'zbekiston futzal milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 17 sentyabr kuni, soat 20:00 da “Humo Arena”da start oladi.


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA