

30 mart kuni bo'lib o'tgan qur'a natijasiga ko'ra, O'zbekiston U-20 terma jamoasi “C” guruhida Qatar, Livan, Myanma va Gonkonglik tengdoshlari bilan kuch sinashadi.
O'zbekiston U-20 futzal termasi bosh murabbiyi Xose Mariya Pazos Mendez Osiyo chempionatiga yo'l oladigan 14 futzalchi nomini e'lon qildi.
O'zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibi.
# | Ism | Familiya | Tug'ilgan joyi | Tug'ilgan sanasi | Ampluasi |
1 | Mirislom | Miraliev | Toshkent | 21.03.1998 | Darvozabon |
2 | Sunnatjon | Anvarov | Toshkent | 05.09.1998 | Darvozabon |
3 | Mehroj | Xudoyberdiev | Samarqand | 14.05.1998 | O'yinchi |
4 | Xusniddin | Nishonov | Samarqand | 19.05.1998 | O'yinchi |
5 | Ravshan | Ismatullaev | Samarqand | 20.06.1998 | O'yinchi |
6 | Said Rizo | Mirsharofov | Samarqand | 08.06.1998 | O'yinchi |
7 | Asli | Muhammadiev | Samarqand | 06.03.1999 | O'yinchi |
8 | Xushnur | Erkinov | Samarqand | 07.05.1998 | O'yinchi |
9 | Akbar | Usmonov | Toshkent | 09.03.1997 | O'yinchi |
10 | Olimjon | Vohidov | Toshkent | 24.04.1999 | O'yinchi |
11 | Ilhomjon | Hamroev | Buxoro | 25.09.1997 | O'yinchi |
12 | Shoxjahon | Shonazarov | Buxoro | 31.01.2001 | O'yinchi |
13 | Doniyorbek | Tohirov | Jizzah | 19.07.1997 | O'yinchi |
14 | Botirbek | Rizaev | Jizzah | 15.01.1998 | O'yinchi |
Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhda 1–2 o'rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo'l oladi. Chorak finalda g'alaba qozonganlar yarim finalga, yarim finalda yutganlar esa finalga yo'l oladi. Shuningdek, uchinchi o'rin uchun ham uchrashuv o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati 2017 yilning 16–26 may kunlari Bangkok shahridagi Bangkok Arena va Huamark Indoor Stadium sport majmualarida o'tkaziladi.




