Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon bilan ikkita o'yin o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2016, 17:19
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Xose Mariya Mendez boshchiligidagi terma jamoamiz 16 va 17 avgust kunlari Ozarbayjon terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Har ikki uchrashuv ham Toshkentda bo'lib o'tadi. Ozarbayjonliklar poytaxtimizga 15 avgustda uchib kelishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi mundialning "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz