Futzal. Osiyo Kubogi-2024 ishtirokchilari ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
14 okt 2023
Futzal bo'yicha 2024 yilgi Osiyo Kubogida qatnashadigan 16 terma jamoa nomi aniqlandi.

Tailand mezbonlik qiladigan turnirda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi mamlakatlar ishtirok etadi:

Tailand, Xitoy, Afg'oniston, Saudiya Arabistoni, Eron, Qirg'iz Respublikasi, Vetnam, Koreya Respublikasi, Myanma, Tojikiston, Kuvayt, Bahrayn, Iroq, O'zbekiston, Yaponiya, Avstraliya.

Guruh bosqichiga 14 dekabr kuni qur'a tashlanadi. Jamoalar 4 ta savatchaga bo'lingan:

1-savatcha: Tailand (mezbon), Yaponiya, Eron, O'zbekiston;

2-savatcha: Tojikiston, Vetnam, Kuvayt, Saudiya Arabistoni;

3-savatcha: Iroq, Bahrayn, Koreya Respublikasi, Myanma;

4-savatcha: Qirg'iz Respublikasi, Afg'oniston, Avstraliya, Xitoy.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi Jahon chempionati O'zbekistonda o'tkaziladi. Mazkur musobaqaning eng yaxshi to'rt mamlakati ham ushbu turnirga yo'llanmani qo'lga kiritadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia