Futzal. Osiyo chempionati-2020da o'zbekistonlik hakam va komissar ham ishlaydi

Tolibjon Qosimov
6 yanv 2020, 12:31
Shu yilning 26 fevralidan 8 martiga qadar futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 bahslari bo'lib o'tadi.

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri mezbonlik qiladigan qita birinchiligi joriy yil 12 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Litvada o'tkaziladigan Jahon chempionatiga yo'llanma beradi.

Qo'shni davlatda tashkillashtiriladigan musobaqada ishlash uchun o'zbekistonlik hakam Anatoliy Rubakov ham taklif etildi. Bundan tashqari, Olim Arifov komissar sifatida ishtirok etadi. Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020da jami 4 nafar hakam nazoratchilari, 18 nafar hakam va 4 nafar komissarlar faoliyat olib borishadi.

Osiyo chempionatida 16 terma jamoa 4 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib borishadi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi "C" guruhida Bahrayn, Xitoy hamda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi.



Eslatib o'tamiz, qitaning eng kuchli 5 jamoasi Litvada bo'lib o'tadigan to'qqizinchi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritadi.


Futzal. Osiyo chempionati taqvimi ma'lum bo'ldi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia