Futzal. O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston terma jamoasi dastlabki o'yinda BAA termasini mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2017, 19:49
Avval xabar berilganidek, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun BAA termasiga qarshi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Uchrashuv 5:4 hisobida vakillarimiz g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Terma jamoamiz tarkibida gollarga Mashrab Odilov (2ta), Anasxon Rahmatov (2ta) va Farhod Abdumavlonovlar mualliflik qilishdi.

Futzal. O'rtoqlik uchrashuvi.

“Sharja” sport majmuasi, Sharja

BAA - O'zbekiston 4:5

GOL
: M.Odilov 2ta, A. Rahmatov 2ta, F. Abdumavlonov.

Ertaga O'zbekiston futzal terma jamoasi BAA termasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30da “Sharja” sport majmuasida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com