Futzal. Oliy liga. Chorak final o'yinlarining boshlanish vaqti ma'lum

Tolibjon Qosimov
2 mar 2017, 13:01
Futzal bo'yicha XXI milliy chempionat birinchi bosqich bellashuvlari ortda qoldi.

Oldinda ikkinchi, yani pley-off bosqichi turibdi. Chorak final uchrashuvlari 6-8 mart kunlari Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tishi haqida ma'lum qilgan edik. Quyida Oliy liga 1/4 final o'yinlarining boshlanish vaqtlarini keltirib o'tamiz.

Oliy liga
Chorak final
06.03.2017


10:30. "Olmaliq" - "Paxtakor"
12:30. "Maksam-Chirchiq" - "Do'stlik-AIN"
14:30. "Ardus" - "Metallurg"
17:00. "Bunyodkor" - "Kogon"

07.03.2017

10:30. "Paxtakor" - "Olmaliq"
12:30. "Do'stlik-AIN" - "Maksam-Chirchiq"
14:30. "Metallurg" - "Ardus"
17:00. "Kogon" - "Bunyodkor"

Pley-off o'yinlari va final tomonlardan birining ikkita g'alabasiga qadar davom etadi. Agar dastlabki ikki kunda ham tomonlardan biri g'alaba qozonsa, uchinchi o'yinni o'tkazishga hojat qolmaydi. Shu sababli, 8 mart sanasida o'yinlar keltirilmagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz