Futzal. Choriev o'rniga boshqa futbolchi terma jamoaga jalb etildi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2023, 21:10
Ushbu oyda O'zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi.

Xose Venansio Lopes tomonidan O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'ini va Yaponiya futzal terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati ma'lum qilindi.

Darvozabonlar: Abbosbek O'lmasbekov (OKMK), Ravshan Eliboev (BMB), Humoyun Rahmatullaev ("Paxtakor").

Futzalchilar: Abdulla Solihov, Ravshan ismatullaev, Elbek To'lqinov (OKMK), Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Davron Choriev (BMB), Mehroj Xudoyberdiev ("Dinamo"), Ilhomjon Hamroev, Ixtiyor Ropiev, Dilshod Rahmatov ("Oil Star"), Fazliddin Botirov ("Maksam-Chirchiq"), Jamshid Rahmatullaev ("Nasaf"), Akmal Elmurodov ("Bunyodkor").


Keyinroq, O'FA Davron Choriev jarohat sabab yig'inda ishtirok eta olmasligini va uning o'rniga "Metallurg" futzalchisi Asli Muhammadev jalb etilishin e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz