Futzal. Bugun klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
6 may 2016, 11:22
Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Osiyoninn eng kuchli 12 klubi 4ta guruhga bo'lingan holda kurash olib borishadi. Ular orasida O'zbekistonning amaldagi chempioni "Olmaliq" klubi ham bor.

Bugungi qur'a marosimida 12ta klub o'tgan yilgi musobaqadagi natijadan kelib chiqib savatchalarga taqsimlangan. "Olmaliq" 3-savatchadan joy olgan.

Musobaqaning amaldagi g'olibi Eronning "Tasisat Daryoi" klubi hisoblanadi. "Chonburi Blyuveyv" mezbon sifatida birinchi savatchadan joy oldi.  Qur'a tashlash marosimi bugun, 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.


1-savatcha: "Chonburi Blyuveyv" (Tailand), "Tasisat Daryoi" (Eron), "Sanna Kan XOA" (Vetnam), "Nafit Al Vasat" (Iroq)

2-savatcha: "Nagoya Oushens" (Yaponiya), "Al Mayadin" (Livan), "Al Sadd" (Qatar), "Dalian Yuan Dinasti" (Xitoy).

3-savatcha: "Olmaliq" (O'zbekiston), "Dibba Al Xissin" (BAA), "Vik Vipers" (Avstraliya), "Taipover" (Xitoy Taypei)

Eslatib o'tamiz, musobaqa 15-23 iyul kunlari Bangkonk shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia