O'zFHM vakili Ravshan Abduvohidov nima sababdan Superligaga qaytarilganiga izoh berdi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2026, 17:40
22 avgust kuni O'zFHM Ravshan Abduvohidovni 2026 yil oxirigacha Superligada bosh hakam va VAR hakami sifatida ishlashdan chetlatgan edi.

Bugun Abduvohidov Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Navbahor" o'yiniga tayinlov oldi. Shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida O'zFHM bilan bog'landik.

"Ravshan Abduvohidov Proliga va Birinchi liga o'yinlarini yaxshi boshqargani uchun Hakamlar qo'mitasi qaroriga asosan maydon hakami sifatida Superligaga qaytarildi, lekin VAR hakami sifatidagi chetlatilishi hozircha o'z kuchida", - dedi O'zFHM vakili championat.asia saytiga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia