

Dastlabki bahsda "Five Star" "O'zDTV"ni mag'lub etgan bo'lsa, ikkinchi o'yinda "Olmaliq" jamoasi "Bunyodkor"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Chorakning uchinchi o'yini esa turnirning bezagiga aylandi. Musobaqaning amaldagi g'olibi "Ardus" hamda "Do'stlik-AIN" muxlislarga juda ham qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'yin namoyish etib berishdi. Unda qarshiliklar qo'shimcha bo'limlarda g'alaba to'pini kiritishdi. Kunning so'nggi bahsida esa Namanganning "Dimaretti" jamoasi "O'zSQB"ni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Quyida yarim final juftliklari va taqvimini keltirib o'tamiz.
Assotsiatsiya kubogi-2016
Yarim final, 30.10.2016
14:00. "Do'stlik-AIN" - "Five Star"
16:00. "Dimaretti" - "Olmaliq"
O'yinlar "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.



