Futzal. Artur Yunusov: “Amaldagi chempionni yutganimizdan xursandman”

Tolibjon Qosimov
13 dek 2014, 18:07
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Artur Yunusov kecha Ozarbayjonning “Fener” klubi tarkibida ilk o'yinini o'tkazdi.
Bizga bergan intervyusida Yunusov debyut o'yini haqida shunday dedi.

- Amaldagi chempionni mag'lubiyatga uchratganimizdan xursandman. Boz ustiga yirik hisobda g'alaba qozondik. Gollarni Serbiya va ukrainalik legionerlar kiritishdi. Taassurotlarim ijobiy. Raqibimiz amaldagi chempion sifatida bu yil Yevropa Chempionlar ligasida Ozarbayjon sharafini himoya qildi.

Kuchli raqib ustidan qozonilgan g'alabaga xissa qo'shganimdan mamnunman. Yirik hisobga qaramay, o'yin qiyin kechdi. Bizda ikkita chetlatish bo'ldi. Keyingi o'yinimiz dushanba kuni Bokuning “Neftchi” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Bo'lajak uchrashuvda asosiy tarkibda muqim joy olishga harakat qilaman.

Eslatib o'tamiz, Yunusov to'p tepayotgan "Fener" bu turda “Azar”ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: olamsport.com