

10-11 noyabr kunlari futzal bo'yicha Superligada 21-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Hali chempionat tugashiga yana bir tur bo'lsa-da, 21-turdanoq chempion, vice-chempion va 3-o'rin sohiblari nomi aniq bo'ldi.
Oxirgi 3 mavsumdan buyon chempionat oltin medallariga ega bo'lib kelayotgan Olmaliqning AGMK jamoasi 21-turda Lokomotivga qarshi bahs olib bordi va ikkala kungi o'yinlarda ham g'alaba qozondi. Natijada olmaliqliklar ochkolari soni 111 taga etdi va 2-o'rindagi “Paxtakor” (102 ochko) so'nggi turdagi ikkala o'yinda 6 ochko olsa ham AGMKga eta olmasligi oydinlashdi. Shu tariqa AGMK qatorasiga 4-yil O'zbekiston chempioni unvoniga ega chiqdi. Kumush medallar “Paxtakor” futzalchilariga, bronza medallari esa “Neftchi” vakillariga nasib etishi oydinlashdi.

21-tur natijalari
10 noyabr
Neftchi - Qizilqum 7:6
Nasaf - Bunyodkor 5:3
Paxtakor - Metallurg 3:2
AGMK - Lokomotiv 12:1
So'g'diyona - Buxoro 7:2
Navbahor - Qo'qon-1912 8:6
11 noyabr
Neftchi - Qizilqum 10:1
Nasaf - Bunyodkor 2:10
Paxtakor - Metallurg 3:3
AGMK - Lokomotiv 4:0
So'g'diyona - Buxoro 3:0
Navbahor - Qo'qon-1912 6:1
Chempionatda barcha sovrindorlar ma'lum bo'ldi

Futzal bo'yicha mamlakat chempionatining so'nggi - 22-tur o'yinlari 17-18 noyabr kunlari o'tkaziladi.



