Futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Dubayda saylovda ishtirok etdi

Narzulla Saydullayev
22 dek 2019, 14:36
Bugun, 22 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar bo'lib o'tmoqda.

Ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib borayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zolari O'zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasida tashkil etilgan saylov uchastkasida o'zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz