Futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati o'yinlariga 1000 nafar muxlis kirishiga ruxsat berildi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2020, 18:42
Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 12-avgustdagi 43-son bayoniga muvofiq, 2020 yil 20 avgustdan boshlab sport zallari, stadionlar faoliyatiga ruxsat berilgan.

Bugungi kunda ko'plab futbol muxlislarining istak va murojaatlarini inobatga olib "COVID-19 pandemiyasi davrida mashg'ulotlar, musobaqalar hamda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish to'g'risida"gi tartib asosida O'zbekiston Superliga, Pro-liga hamda Birinchi ligada qatnashayotgan barcha futbol klublari ishtirokidagi uchrashuvlarga 1000 (bir ming) nafar hajmda futbol muxlislari kiritilishiga ruxsat beriladi. Bu haqda O'FA PFLga xat yo'llab ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan turlarda bazi stadionlarga cheklangan miqdorda muxlislar kiritilishi boshlangandi. Endi Superliga, Pro liga, Birinchi liga bahslariga rasman muxlislar kirishi mumkin. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia