Fransiya terma jamoasi 2018 yildan buyon ilk marta mag'lubiyatga uchradi

Sherzod Nurmatov
4 iyun 2022, 20:17
Fransiya termasi kecha tunda Millatlar Ligasi "A" guruhi 1-turida Daniya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi (1:2).

Ma'lumotlarga ko'ra, Jahon chempionlari 2018 yilning 16 noyabrida asosiy vaqtda mag'lub bo'lishgandi. O'shanda Dide Desham shogirdlari Nidarlaniyaga yutqazishgan (2:4).

2021 yilda Fransiya Evro-2020 1/8 finalida Shveytsariyaga penaltilar seriyasiga ko'ra (3:3, pen. – 4:5) mag'lub bo'lgan.

Fransiya Millatlar Ligasi navbatdagi turida Xorvatiya bilan o'ynaydi. Uchrashuv 6 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta