

Fransiya chempionati >>>> TURNIR JADVALI
2-tur
Fransiya chempionati ikkinchi turida bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Shulardan biri, "Roazon Park" stadionida kechgan "Renn" - PSJ o'yinida kuzatildi. Amaldagi chempion ikkinchi turga kelib mavsumdagi birinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bahsda braziliyalik yulduz Neymar ishtirok etmadi. Bunga asosiy sabab jarohatidan to'liq tiklanib olmaganligi bo'lgan. Mazkur to'qnashuvda parijliklar hujumchisi Edinson Kavani hisobni ochgan bo'lsa-da, Nyang birinchi bo'lim so'ngida hisobni tenglashtirdi. Tanaffus mezbrnlarga foydali bo'ldimi, ular ikkinchi taym boshida Del Kastiyo tomonidan kiritilgan gol evaziga oldinga chiqib olishdi. Ushbu hisob yakunda o'zgarmadi va "Renn" qaysidir manoda PSJdan Superkubokdagi mag'lubiyat uchun revansh oldi.
Mazkur o'yindagi gol evaziga PSJ Liga 1da qatorasiga 40 ta uchrashuvda gol urib, bir vaqtlar "Rasing" klubi o'rnatgan rekordni takrorladi.
PSJ Liga 1 da ketma-ket 40 ta o'yinda gol urdi
Renn – PSJ 2:1 (1:1, 1:0)
19 avgust, 00:00, Roazon Park
Gollar: 0:1 – 36 Kavani, 1:1 – 44 Nyang, 2:1 – 48 Del Kastiyo.
Renn – Salen, Traore, Da Silva, Jelen, Morel, Mauassa (Boe, 79), Burigo (Lea Siliki, 77), Kamavinga, Grene, Del Kastiyo (Sebatsho, 73), Nyang.
PSJ – Areolya, Mene (Dagba, 64), Tiago Silva, Diallo, Bernat, Verratti, Markinos, Draksler (Paredes, 77), Di Mariya (Sarabiya, 64), Kavani, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Draksler (42), Mene (54), Verratti (58), Bernat (67), Sebatsho (85), Kavani (88).

"Sent-Eten" – "Brest" bellashuvida murosa yo'li tanlandi. Mehmonlar himoyachisi Fossure birinchi taym so'nggi daqiqasi o'tib borayotgan payt hisobni ochdi - 0:1. Lekin, uning urgan goli Lina 1 debyutanti hisoblangan "Brest"ga g'alaba keltirish uchun etarli bo'lmadi. O'yinning 83-daqiqa Buanga to'p kiritib maydon egalarini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Sent-Eten – Brest 1:1 (0:1, 1:0)
18 avgust, 18:00, Joffrua-Gishar
Gollar: 0:1 – 45 Fossure, 1:1 – 83 Buanga.
Sent-Eten – Ryuffe, Debyushi, Mukudi, Perren, Trauko, Axolu (Yussuf, 40), Mvila, Amuma (Berich, 65), Budebuz, Buanga, Xazri (Norden, 75).
Brest – Larsonner, Fossure, Kastelletto, Ben, Perro, Kur (Baal, 79), Diallo, Belkebla, Gransir (Battokkio, 84), Otre (Lasn, 70), Sharbone.
Ogohlantirishlar: Belkebla (18), Sharbone (64), Mukudi (85).
Mazkur o'yinga kelgan muxlislar birorta gol ko'rishmadi.
Reyms – Strasbur 0:0 (0:0, 0:0)
18 avgust, 20:00, Ogyust Delon
Reyms – Raykovich, Foke, Disasi, Abdelxamid, Kamara, Romao, Shavaleren, Uden, Dingome (Xen Chjun Suk, 66), Dumbiya (Mbuku, 79), Dia.
Strasbur – Zels, Simakan, Mitrovich, Djiku, Lala, Sissoko, Marten, Bellgard (Lienar, 90), Ndur, Tomasson (Da Koshta, 79), Ajork (Motiba, 68).
Ogohlantirishlar: Dumbiya (37), Kamara (54).
Andre Villash-Boash boshciligidagi "Marsel" jamoasi ham safarda golsiz durang qayd etdi - 0:0.
Nant – Marsel 0:0 (0:0, 0:0)
17 avgust, 20:30, Stad lya Bojuar
Nant – Lafon, Fabio, Jirotto, Pallua, Traore (Bamba, 74), Ture, Abed (Mutussami, 67), Luza, Ronje, Lukas Lima, Kulibali.
Marsel – Mandanda, Sakai, Kamara, Alvaro Gonsales, Amavi, Lopes, Luis Gustavo, Sanson (Strotman, 69), Sarr (Radonich, 78), Benedetto (Jermen, 85), Payet.
Ogohlantirishlar: Sanson (42), Kamara (48), Strotman (87).
"Nim" va "Nicca" jamoalari o'rtasidagi bahsda 1:2 hisobi qayd etildi. Ushbu o'yin juda shiddatli va agressiv ruhda kechdi. Hakam jami 8 ta sariq kartochka ko'rsatdi. Shuningdek, 3 ta futbolchi maydondan chetlatildi. 51-daqiqada 1 kishi kam bo'lib qolgan "Nicca" klubi g'alaba o'zida saqlab qola oldi va safardan 3 ochko bilan ortga qaytadigan bo'ldi.
Nim – Nicca 1:2 (1:2, 0:0)
17 avgust, 23:00, Stad de Kostere
Gollar: 0:1 – 10, penalti Sipren, 0:2 – 16 Ganago, 1:2 – 45, penalti Ripar.
Nim – Bernardoni, Alakush, Brianson, Martines, Migel, Ferxat, Valdiviya (Sarr, 58), Bobishon, Vall (Filippoto, 78), Dulevich (Stoyanovski, 68), Ripar.
Nicca – Klemantiya, Byurne, Erey, Dante, Koli, Tamez, Sipren, Le-Melu, Ganago (Tyuram, 83), Sako (Pelmar, 53), Lusamba (Sisse, 76).
Ogohlantirishlar: Koli (11), Vall (25), Erey (35), Sipren (43), Martines (71), Tamez (72), Filippoto (89), Alakush (90).
Chetlatishlar: Koli (51), Martines (90), Brianson (90).

"Nicca" klubini Fransiya terma jamoasi va "Arsenal" klubi sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieyra boshqarmoqda.
Tuluza – Dijon 1:0 (0:0, 1:0)
17 avgust, 23:00, Stadium de Tuluz
Gol: 1:0 – 54 Makengo.
Tuluza – Rene, Moreyra, Amyan, Diakite, Silla, Sangare, Venker (Sidibe, 80), Dossevi (Said, 86), Makengo (Buagar, 77), Gradel, Kuluris.
Dijon – Runarsson, Alfons, Kulibali, Manga, Shafik, Lotoa (Sumare, 81), Balde (Sammaritano, 57), Amalfitano (Keyta, 68), Ndong, Janno, Tavaresh.
Ogohlantirishlar: Venker (29), Moreyra (59).
"Arsenal"dan "Bordo" klubiga ko'chib o'tgan Loran Koselni ushbu o'yinda ogohlantirildi. "Bordo" - "Monpele" o'yinida ham g'olib nomi aniqlanmadi - 1:1.
Bordo – Monpele 1:1 (0:1, 1:0)
17 avgust, 23:00, Matmyut Atlantik
Gollar: 0:1 – 22 Delor, 1:1 – 69 Madja.
Bordo – Kostil, Mesher, Koselni, Pablo, Sabali (Brian, 86), Otavio, Bashich (Madja, 46), Benito, de Previl, Kalu, Xvan Yy Chjo (Benrau, 63).
Monpele – Ruli, Pedru Mendesh, Ilton, Kongre, Suke, Ferri, Ristich (Dolli, 81), Le Tallek, Oyongo, Labord, Delor (Kamara, 86).
Ogohlantirishlar: Kalu (68), Kongre (76), Koselni (85).

"Lill" safarda 3 ochkoni boy berdi. Bahsning 39-daqiqasida Sumarening chetlatilishi mehmonlarga qimmatga tushdi va 0:1 hisobida mag'lubiyat bilan ortga qaytadigan bo'lishdi.
Amen – Lill 1:0 (0:0, 1:0)
17 avgust, 23:00, Likorn
Gol: 1:0 – 70 Girassi.
Amen – Gyurtner, Jalle, Guano, Dibassi, Aleesami, Monkondyui (Zungu, 82), Blen, Goddos, Kakuta, Akolo (Talal, 72), Girassi (Konate, 88).
Lill – Menyan, Chelik, Fonte, Tiagu Djalo, Bradarich, Andre, Sumare, Ikone (Remi, 77), Yazydji (Tiago Mayya, 80), Bamba (Vea, 84), Osimxen.
Ogohlantirishlar: Ikone (49), Goddos (87).
Chetlatish: Sumare (39).
Mana ikkinchi o'yindirki, "Monako" jamoasi 3 ta gol o'tkazib mag'lubiyatga uchramoqda. Fransiya chempionatining ilk turida o'z maydonida "Lion"ga 0:3 hisobida yutqazib qo'ygan Leonardo Jardim shogirdlari, ikkinchi turda ham xuddi shu hisobda tor-mor etildi. Dialloning dubli va Koadning bitta goli "Metc"ning yirik g'alabasini taminladi.
Metc – Monako 3:0 (1:0, 2:0)
17 avgust, 23:00, Stad Sen-Simforen
Gollar: 1:0 – 11, penalti Diallo, 2:0 – 53 Diallo, 3:0 – 66 Koad.
Metc – Ukidja, Santonz, Sunzu, Boye, Delen, Koad, Maiga (Fofana, 77), Angban, Bulaya (Ambroz, 87), Diallo, Ngette (Nyan, 74).
Monako – Lekomt, Agilyar, Glik, Badiashile, Ballo-Ture, Jemerson, Boshilya (Keyta Balde, 56), Jelson Martinsh, Golovin, Onekuru (Jil Diash, 70), Ben-Yedder (Foster, 74).
Ogohlantirishlar: Glik (10), Santonz (27), Jelson Martinsh (35).
Chetlatish: Agilyar (34).

"Lion" klubi esa "Monako"dan farqli ravishda ikkinchi o'yinda ham ishonchli g'alaba erishdi. Silvino boshqaruvidagi lionliklar bu safar raqiblari darvozasiga javobsiz 6 ta gol urishdi. O'yindagi gollarnga Depay (2 ta), Dembele (2ta), Auar va Jan Lukas mualliflik qilishdi. 2-turdan so'ng 6 ochko to'plagan "Lion" Fransiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.
Lion – Anjer 6:0 (3:0, 3:0)
16 avgust, 23:45, Grupama Stedium
Gollar: 1:0 – 11 Auar, 2:0 – 36 Dembele, 3:0 – 42 Depay, 4:0 – 48 Depay, 5:0 – 65 Dembele, 6:0 – 72 Jan Lukas.
Lion – Antoni Lopesh, Dyubua (Tete, 70), Andersen, Denayer, Kone, Tiago Mendes (Jan Lukas, 69), Tuzar, Auar, Traore, Dembele (Tere, 66), Depay.
Anjer – Byutel, Manko, Pavlovich, Toma, Ait-Nuri, Santamariya, Kapel, Pajo (Ninga, 54), Mangani, Pereyra Laje (Baoken, 69), Aliui (Kanga, 69).
Ogohlantirishlar: Traore (61), Kapel (70), Baoken (90).

Liga 1ning 2-turida jami 21 ta gol kiritildi. Bu natija har bir o'yinga o'rtacha 2,1 gol to'g'ri kelayotganini ko'rsatadi.
Turnir jadvaliga nazar solsak, 2 ta turdan so'ng 100 foizlik natija qayd etayogan "Lion", "Nicca" va "Renn" jamoalari to'plar nisbatiga ko'ra, mos ravishda birinchi, ikkinchi hamda uchinchi o'rinlarda borishmoqda. PSJ mazkur turdagi mag'lubiyati tufayli 8-o'ringa tushib ketdi. Musobaqa jadvalining so'nggi o'rnini "Monako" klubi egallagan.
To'purarlar: Mussa Dembele, Memfis Depay (ikkalasi - "Lion"), Xabib Diallo ("Metc") - 3 ta gol, Viktor Osimxen ("Lill"), Edinson Kavani (PSJ) - 2 ta gol.

Fransiya chempionati >>>> TURNIR JADVALI
3-tur o'yinlari 24-28 avgust kunlari o'tkaziladi.
24.08.2019| 23:00 Brest - Reyms
24.08.2019| 23:00 Anjer - Metc
24.08.2019| 23:00 Amen - Nant
24.08.2019| 23:00 Dijon - Bordo
25.08.2019| 18:00 Monako - Nim
25.08.2019| 20:00 Strasbur - Renn
26.08.2019| 00:00 PSJ - Tuluza
27.08.2019| 22:00 Monpele - Lion
28.08.2019| 22:00 Lill - Sent-Eten
29.08.2019| 00:00 Nicca - Marsel
P.S. Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
2-TURDAGI CHIROYLI GOLLAR (TAS-IX EMAS)
E'tibor va ketkazgan vaqtingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!



