Fotomaqola. Birinchi yig'indagi so'nggi mashg'ulotlar ham yakuniga etdi

Nadirkhuja Yuldashev
13 dek 2014, 15:58
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi, birinchi yig'in doirasidagi so'nggi mashg'ulotlarini o'tkazdi. Bugun esa Falastinga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

12 dekabr tonggida o'tkazilgan mashg'ulot suratlarini tomosha qiling.




Islom To'xtaxo'jaev o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tusha olmasada, musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rayapti. Afsuski u KXDR bilan bo'lib o'tadigan birinchi o'yinni ham o'tkazib yuborishga majbur.




Bu esa o'z navbatida Anzur Ismoilovga katta masuliyatni yuklaydi. Anzurning oldida kim bo'lmasin, dastlabki o'yinlarda u ikki kishi uchun o'ynashga majbur. Umid qilamiz, bu Ismoilovning qo'lidan keladi.




Mirjalol Qosimov futbolchilarimizga mashg'ulotlarni qanday bajarish lozimligini ko'rsatib beryapti. 




Jismoniy tayyorgarlikni maromiga etkazish yo'lida, Volkov va Maqsudov o'zaro maslahatlashyaptilar. Jamoa mamuri Sarvar esa ularga ko'maklashyapti.




Chetdan qaraganda, Osiyo chempionatining nufuzi yo'qdek. Ammo men bunday demagan bo'lar edim. Bu katta forum, to'rt yillikning eng muhim musobaqasi. Bu turnirda o'zini ko'rsatib qolgan ko'rsatdi, ko'rsata olmagan yana oliy ligaga "mahkum" etiladi. Sardorning oldida esa muhim sinov turibdi. 


Nodirxo'ja Yuldashev



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia