

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, himoyachi Maksimilian Fomin bilan Nikolay Chipev ham buxoroliklar bilan rasmiy kelishuvga erishgan.
OTJga nomzod futbolchilardan biri Fominning bu oliy ligadagi beshinchi jamoasi bo'ladi. Chempionatimizda bu yil debyut mavsumini o'tkazayotgan Chipev ham ikkinchi davrani yana Agamurodov jamoasida o'tkazishga qaror qildi. Ushbu futbolchilarning mavsum so'nggiga qadar "Buxoro" bilan shartnoma imzolagani haqida ma'lumotlar bor.
Darvoqe, yaqinda samarqandliklar bilan xayrlashgan Aziz Ibragimov "Buxoro" yig'iniga borib qo'shilgandi. Ushbu futbolchi ham yaqin orada shartnoma imzolaydi.



