Florentino Peres: 10-kubok uchun so'nggi nafasimiz qolgunicha kurashamiz

Narzulla Saydullayev
11 may 2014, 12:30
Real prezidenti Florentino Peres klub Yevropa chempionlar ligasida g'olib chiqishiga ishonishini aytib o'tdi.
10-chempionlar kubogi uchun so'nggi nafasimiz qolgunicha kurashamiz, xuddi Rafa Nadal kabi kurashamiz.

Real muxlislari uchun Chempionlar ligasi – bu ajoyib musobaqa. Muxlislarimizga qarzdormiz, bu kubokni qo'lga kiritib uni qaytarmoqchimiz, – deydi Peres.

Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionlar ligasi finali 24 may kuni Lissabonda bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru