Filiposyan, Kagirov va Otaqulov "Dinamo"da

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2015, 11:41
Samarqandning Dinamo klubi o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Kuni kecha jamoa safiga uch himoyachi kelib qo'shildi. Bu haqda "Erudit Sport" nashrining tvittyerdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

Bular Bunyodkordan samarqandlik futbolchi Artyom Filiposyan, Sho'rtandan Jamol Otaqulov va Navbahordan Temur Kagirovdir.

Ushbu futbolchilar ikkinchi davrani Dinamoda boshlashlari kutilmoqda.

Hozircha Dinamo klubi rasmiy sayti bu borada hech qanday ma'lumot berganicha yo'q.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia