FIFA tomonidan yilning eng yaxshi darvozaboni bo'lish uchun nomzodlar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
22 noya 2021, 23:26
FIFA rasmiy sayti "The Best" sovrini uchun barcha darvozaboni bo'lish uchun da'vogarlarni ma'lum qildi.

Unga ko'ra, ro'yxatdan Alisson (Liverpul"), Janluiji Donnarumma (PSJ), Eduar Mendi ("Chelsi"), Manuel Noyer ("Bavariya") va Kasper Shmeyxel ("Lester") o'rin olgan.

Short-list Ali al-Xabsi (Ummon), Xared Borxetti (Meksika), Tim Keyxill (Avstraliya), Jeremi Njitap (Kamerun), Julio Sezar (Braziliya), Yurgen Klinsmann (Germaniya), Aleksi Lalas (AQSH), Xaver Maskerano (Argentina), Rayan Nelsen (Yangi Zelandiya) va David Trezege (Fransiya) kabi sobiq futbolchilar tomonidan shakllantirilgan.

G'oliblar 22 noyabrdan 10 dekabrga qadar ovoz berish yo'li orqali aniqlanadi. Sovrin esa 17 yanvar kuni o'z egasiga topshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fifa.com