FIFA reytingi e'lon qilindi: Braziliya yetakchilikni qo'lga oldi, O'zbekiston ikki pog'ona yuqoriladi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2022, 19:47
Bugun FIFA o'z saytida yangilangan reytingni chop etdi.

Unga ko'ra Braziliya 2018 yil oktyabrdan buyon reytingni boshqarib kelgan Belggiyadan birinchilikni tortib oldi. Belgiya ikkinchi o'ringa joylashgan bo'lsa, Fransiya, Argentina, Angliya, Italiya, Ispaniya va Portugaliya keyingi pog'onadan o'rin oldi. 

Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston MTJ ikki pog'ona yuqoriladi hamda 83-o'ringa joylashdi.

FIFA talqinida TOP-10 talik:

1. Braziliya- 1833

2. Belgiya - 1827

3. Fransiya - 1790

4. Argentina - 1765

5. Angliya - 1762

6. Italiya - 1723

7. Ispaniya - 1709

8. Portugaliya - 1675

9. Meksika - 1659

10. Niderlandiya - 1659

Osiyo bo'yicha TOP-15 talik:

1. Eron - 1564

2. Yaponiya - 1553

3. Janubiya Koreya - 1520

4. Avstraliya - 1462

5. Saudiya Arabistoni - 1445

6. Qatar - 1441

7. BAA - 1357

8. Iroq - 1339

9. Ummon - 1324

10. Xitoy- 1304

11. O'zbekiston - 1287

12. Suriya- 1265

13. Bahrayn - 1263

14. Iordaniya - 1260

15. Qirg'iz Respbulikasi - 1218

To'liq ro'yxat bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com