FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan qancha daromad topishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
7 mar 2025
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2025 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatini AQSHda o'tkazishdan taxminan 2 mlrd dollar ishlaydi.

"The Athletic" nashrining yozishicha, jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar 1 mlrd dollarga yaqin mablag'ni o'zaro bo'lishib oladi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2025 yilning 15 iyundan 13 iyuliga qadar AQSHning 11 ta shahrida bo'lib o'tadi.

Turnirda konfederatsiyalar o'rtasida bo'lingan 32 jamoa ishtirok etadi.

- UEFA (Yevropa): 12 jamoa (Chempionlar Ligasining oxirgi 4 ta g'olibi va UEFA reytingi bo'yicha 8 ta jamoa).

- KONMEBOL (Janubiy Amerika): 6 jamoa (Libertadores Kubogidan 4 ta va KONMEBOL reytingi bo'yicha 2 ta jamoa).

- KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika): 4 jamoa (KONKAKAF Chempionlar Kubogining 4 ta jamoasi).

- OFK (Osiyo): 4 jamoa (OFK Chempionlar Ligasidan 3 ta va OFK reytingi bo'yicha 1 ta jamoa).

- AFK (Afrika): 4 jamoa (AFK Chempionlar Ligasidan 3 ta va AFK reytingi bo'yicha 1 ta jamoa).

- OFK (Okeaniya): 1 jamoa (OFK reytingi bo'yicha).

- Mezbon jamoa: 1 jamoa.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic