Fevzi Davletov: "Bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz"

Alisher Ostonov
24 avg 2025
"Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov Superliga 20-tur doirasidagi "Nasaf" (1:2)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Nasaf" - chempionat yetakchisi. Bizni qiyin o'yin kutib turgandi. Birinchi bo'limda mudofaada ozmi-ko'pmi yaxshi o'ynadik. Ammo, juda ko'p xatolar qildik. Bunga ehtimol raqib, ehtimol hayojon sabab bo'ldimikin... Harakatlarimizda o'ziga ishonmaslik bor edi. Ikkinchi taymga kelsak, oddiy joyda to'rt daqiqa ichida ikkita xatoimiz tufayli to'p o'tkazib yubordik, "Nasaf" esa xatolarni kechirmaydigan raqib. Shu gollardan so'ng biroz hujumkorroq o'ynashni boshladik. Bunga birinchi bo'limda nima halaqit  bergandi? Buni tahlil qilish kerak. Goldan so'ng ham ko'p xatolar qildik", - deya gapni boshladi termizliklar bosh murabbiyi.

- "Surxon" Qo'qonda va bugun ko'rsatgan o'yini bilan muxlislarni xursand qilyapti. Sizlar xalq yaxshi ko'radigan jamoaga aylanyapsizlar.

- Biz bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz. Bugun esa bunday o'zimizga ishonmagan holda o'ynashimiz kerakmas edi. Buni tahlil qilamiz va keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia