

- Bugun gol urishning uddasidan chiqmadik. Qiyin o'yin bo'lishi haqida ogohlantirgandim. O'yinni to'liqligicha nazorat qildik, faqatgina gol yetmadi.
- Birinchi bo'limning 35-daqiqasida Asilbek Jumaevni almashtirish sababi nima edi? Ko'rdikki, u maydondan norozi tarzda chiqib ketdi.
- Unda jarohat bor edi, raqib to'pni olish chog'ida bu yanada yomonlashdi. Asrashimiz kerak edi, ammo yanada yomonlashtirdik. Bundan tashqari, sariq kartochkasi ham bor edi. Bu majburiy o'zgarish edi.
- Bu "Metallurg" uchun hayot-mamot o'yini edimi?
- Ha, albatta, turnir jadvalidan kelib chiqqan holda. Bu bekobodliklar yutishi shart bo'lgan o'yin edi.
- "Surxon" mavsum oldida o'z oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishdimi?
- Bizda stabillik hukm surmoqda. O'tgan yili 6-o'rinda edik, bu yil 7-o'rinni egallamoqdamiz. Chempionatni yaxshi o'tkazdik, bundan ham yaxshiroq ishtirok etishimiz mumkin edi. Sodir etgan xatolarimizni tahlil qilamiz va kelajakda takrorlamaslikka urinamiz.
- Bugungi o'yinda "Surxon" muxlislarining hatti-harakatlarini qanday baholaysiz?
- Ajoyib, ammo afsuski, ularni gol bilan xursand qila olmadik. Bitta o'yin qoldi, olg'a harakat qilamiz.



