Feruz Fahriddinov: "Penalti tepish oldidan judayam hayajonlandim"

Tolibjon Qosimov
19 fev 2016, 19:38
Penaltilar seriyasida terma jamoamizning dastlabki goliga mualliflik qilgan Feruz Fahriddinov o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avvalambor barchani g'alaba bilan tabriklayman. Shukr, mana g'alaba qozondik. Penalti tepish oldidan judayam hayajonlandim. Nasib qilsa, finalda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Barcha muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman.

O'yinga keladigan bo'lsak, Tailand terma jamoasi judayam yaxshi harakat qildi. Ular Osiyoning kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadilar", - deydi Feruz Fahriddinov.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia