Fernandino "Manchester Siti"ni erkin agent maqomida tark etadi

Sherzod Nurmatov
22 may 2022
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fernandino shartnomasini uzaytirmaydi va yozda jamoadan ketadi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 37 yoshli futbolchi vataniga qaytadi. Fernandino erkin agent sifatida 2002 yildan 2005 yilgacha o'zi o'ynagan "Atletiko Paranaense" klubiga o'tadi.

Fernandino joriy mavsumda "Manchester Siti" safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano